💬O‘rganish davomida deputat tomonidan yoshlar yetakchisining ish samaradorligi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil qilindi:
🔅“Yoshlar daftari” bilan ishlash holati;
🔅Uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar;
🔅Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
📶O‘rganish jarayoni shunchaki tahlil bilan cheklanib qolmadi. Deputat F.Homidov o‘z tashabbusi bilan mahalladagi ishsiz yoshlardan birining muammosini joyida o‘rganib, uning bandligini ta’minlashga ko‘maklashdi. Endilikda ushbu yosh fuqaro o‘zining doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.