Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Mirobod tumani Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati A.Axmedov yoshlar bilan uchrashdi

Prezidentimizning yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Mirobod tumanida tashkil etilgan "Yoshlar kuni"da faol yigit-qizlar Salor MFY binosiga jamladi.

Uchrashuvni Mirobod tumani Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Nasriddinov va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati A.Axmedov o‘tkazdi.

Muloqotning asosiy maqsadi — yoshlarning muammolarini eshitish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va masalalarni orqaga surmasdan hal etishdan iborat.

Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati A.Karimov uchrashuvni ochar ekan, mahallalardagi yoshlarni faol va tashabbuskor bo‘lishga chaqirdi. Joylardagi yoshlar yetakchilari tashabbus bilan chiqib, yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etishi ahamiyatiga urg‘u berdi. 

Mirobod tumani Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Nasriddinovning ta’kidlashicha, bunday uchrashuvlar yoshlar orasidagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amaliy tashabbuslar bilan chiqishga xizmat qiladi.

Uchrashuv davomida deputat A.Axmedov tomonidan:

Shaxinani xorijiy tillarni o‘rganish o‘quv maskanida tahsil olishiga mablag‘ ajratish;

Yevgeniyni xonasini uy, yotoq jihozlari bilan ta’minlash;

Shaxrizodaga avtonom xolda xorijiy til o‘rganishi uchun kompyuter-noutbuk zarurati to‘g‘risidagi masalalari joyida hal etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 15