Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Deputat o‘z saylovchilari bilan uchrashdi

“Deputat mahallada” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati, O‘zLiDeP faoli Umarova Gulrux Farruhovna tumandagi "Farovon" MFY hamda "At-Termiziy" MFYlarda mahalla yettiligi va mahalla hududida yashovchi fuqarolar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, mahallada olib borilayotgan tozalik va obodonlashtirish ishlari, huquqbuzarlik profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olish, aholining ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularga ko‘maklashish, nuroniy otaxon va onaxonlarni, yolg‘iz yashovchi keksalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.   

Deputat Gulrux Umarova har bir masalani alohida tinglab, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi va aholi tomonidan ilgari surilgan takliflar deputat nazoratiga olindi. Tadbir so‘ngida deputat o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 8