Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
XALQ DEPUTATLARI QUMQO‘RG‘ON TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

SESSIYA KUN TARTIBIDA: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-438-son qarorining tumandagi ijrosi bo‘yicha 2026-yil I-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi F.Xoliqovning hisoboti to‘g‘risida.

Qumqo‘rg‘on tumanida 2026-yil I-mavsum, 1-fevraldan 20-martga qadar O‘zbekiston Respublikasi “Ochiq budjet” portali orqali tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ovoz berish jarayoni yakuni bilan g‘olib deb topilgan eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari O.Abdimurodovning hisoboti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2025-2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-sonli qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Sattarovning hisoboti to‘g‘risida. 

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30 yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga asosan Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining yangi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

Sessiyada har bir masala yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazilib, deputatlar mas’ullardan o‘z savollariga javoblar, holatlar yuzasidan izohlar olishdi. Yakunda, kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 8