Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2026-yil 10-fevraldagi VII-18-21-8-0-K/26 sonli qarori 6-bandida keltirilgan Mahalliy Kengashlar hamda Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda deputatlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida joriy yilning fevral oyi yakuniga qadar tuman (shahar)larda o‘quv-seminarlar tashkil etish tavsiya etilgan edi. 

Mazkur tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz tuman Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi direktori Q.Tursunov, tuman Aldiya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yurist konsulti S.Mamajonova ishtirokida amaliy seminar-trening tashkil etildi. Seminar davomida deputatlarning vakolatlari, vazifalari va funksiyalari, ularning huquqiy asoslari hamda majburiyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, yangilanayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir jarayonida deputatlar tomonidan berilgan savollarga Adliya boshqarmasi mutaxassislari tomonidan huquqiy asoslangan javoblar berildi hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Seminar interaktiv ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun huquqiy savodxonlikni oshirish, qonun hujjatlarini to‘g‘ri qo‘llash va deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha zarur ko‘nikmalar shakllantirildi.

Slide 1 of 6