Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Hududlarda aholi muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda

Hududlarda aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, infratuzilmani yaxshilash va turmush sharoitini yanada yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Qo‘ng‘irot mahalla” Buyuk qadriyat (eski obi-hayot) ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun toza ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur loyiha mahalla aholisining ko‘p yillik murojaatlari asosida shakllantirilib, bugungi kunda amaliy bosqichga o‘tdi. Qurilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda hamda sifat va muddat masalalari alohida nazoratga olingan.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati R.Shamanov o‘zi saylangan hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini doimiy ravishda nazorat qilib bormoqda. Har bir jarayon , quvur yotqizishdan tortib, aholi xonadonlariga ulanishigacha e’tibor markazida.

Deputat tomonidan:

ishlarning sifatli bajarilishi,

xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi,

aholi murojaatlariga tezkor javob berilishi,

mablag‘larning maqsadli sarflanishi

yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilmoqda

Eng muhimi, amalga oshirilayotgan ishlar natijasida Buyuk qadriyat (eski obi-hayot) ko‘chasi aholisi tez orada toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu esa fuqarolarning turmush darajasi va salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

️Hududlarni obod qilish, aholi muammolarini joyida hal etish va odamlar roziligiga erishish - bugungi kunda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 7