Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
📌 Aholi murojaatlari — doimiy e’tibor markazida

📌 Aholi murojaatlari — doimiy e’tibor markazida

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kotibiyati mudiri Iftixorjon Juraev tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Furqat tumani Shoyimbek mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Jumanov Yo‘ldashali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda biznesni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan murojaat bilan chiqdi.

Murojaat yuzasidan mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganish ishlari olib borilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida fuqaroning murojaati mazmunan hal etilib, unga kelgusida faoliyatini samarali tashkil qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifalardan biri sifatida davom ettiriladi.