Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qo’llab-quvvatlash ishlari samaradorligi o’rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmonining tumanda ijro etilishi mahalliy Kengash deputatlari nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi PF-82-sonli Farmoni bilan belgilangan ijtimoiy xodimning asosiy vazifalari, tumandagi Ibn-Sino mahallasi ijtimoiy xodim R.Mustafoyeva faoliyatini 3-Afrosiyob saylov okrugi deputati Sh.Musayeva atroflicha o’rgandi.

Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda jamiyatda munosib o’rin egallashlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar doimiy e’tiborda bo’lib kelmoqda.

 

Shu maqsadda mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash ishlarining samaradorligini atroflicha o’rgandi. Jarayon davomida ehtiyojmand shaxslarni aniqlash, ularning muammolarini o’rganish va manzilli yordam ko’rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Xususan, kam ta’minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni o’z vaqtida tayinlash hamda ularning adolatli taqsimlanishi ta’minlanayotgani tahlil qilindi.

 

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo’naltirish va daromad manbai yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligiga ham alohida urg’u berdi.

 

O’rganish jarayonida har bir murojaatni o’z vaqtida ko’rib chiqish, aholi bilan ochiq muloqotni yo’lga qo’yish va fuqarolarning ishonchini mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda shaffoflik, adolat va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilinishi zarurligi qayd etildi.
 

Slide 1 of 1