Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘zdan kechirdi.

Ma’lumki, kasallik kishi holini mahzun, a’zolarini esa zaif qilib qo‘yadi. Bunday vaziyatda inson bolasi mehr-muruvvatga har qachongidan ham muhtoj bo‘ladi.

Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashining 1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Jamshid Toxirov hamrohligida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida shifoxonalarda yaratilgan shart-sharoitni ko‘zdan kechirdi.

Unda bugungi kunda aholi salomatligiga xizmat qilish, ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, kunlik bemorlarni qabul qilish jarayonlari qay darajada amalga oshirilayotgani, bemorlar uchun yaratilgan alohida shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Tuman deputati aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Ushbu muassasada xizmat qiluvchi xodimlarni mas’uliyat bilan tibbiy xizmat ko‘rsatishi, tozalikka rioya qilish va eng asosiysi murojaat qilib kelgan fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish muhimligi hamda tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinika, bo‘limlar fasad qismini binolarini ta’mirlash, hududlarda esa obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oishirish to‘g‘risida topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari tuman deputati muassasada ayni paytda davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi.