Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Deputatlik so‘rovlari ijrosi tanqidiy ruhda muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalardan biri — deputatlik so‘rovlarining ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish doimiy komissiya raisi E.Yunusov raisligida o‘tdi.

Unda deputatlar tomonidan ilgari surilgan so‘rovlarga mas’ul tashkilotlar tomonidan berilayotgan javoblarning sifati, mazmuni va eng asosiysi, ularning amaliy natijadorligi tahlil qilindi. Ta’kidlanganidek, deputatlik so‘rovi — bu nafaqat murojaat shakli, balki joylardagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni hal etishning muhim vositasidir.

Muhokamalar davomida ayrim tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan javoblar yetarli darajada asoslanmaganligi, ba’zi hollarda esa yuzaki tusda ekani tanqid qilindi. Bunday yondashuv esa ko‘tarilgan masalalarning to‘liq va samarali hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi.Deputatlar tomonidan har bir so‘rov ortida aniq muammo va fuqarolar manfaatlari turgani alohida urg‘u bilan ta’kidlanib, mas’ul tashkilotlardan bu jarayonga jiddiy va mas’uliyatli yondashish talab etildi.

Shuningdek, berilayotgan javoblar faqat rasmiy axborot bilan cheklanib qolmasdan, muammoning amaliy yechimini ham o‘z ichiga olishi zarurligi bildirildi.

Slide 1 of 4