Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Deputat nazoratida — Gilambob mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan Gilambob mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib, atroflicha o‘rganildi. Mazkur loyiha Islom taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining kundalik hayotini yanada qulaylashtirishga xizmat qilmoqda. Xususan, piyodalar uchun xavfsiz va zamonaviy sharoit yaratish maqsadida yangi yo‘lakcha barpo etilmoqda. Ushbu yo‘lak nafaqat harakat xavfsizligini oshiradi, balki mahalla ko‘rinishiga ham zamonaviylik bag‘ishlaydi. O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, foydalanilayotgan materiallar, yo‘lakchaning texnik talablarga mosligi va ishlarning borish sur’ati sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning mehnat sharoitlari va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi ham muhokama qilindi. Deputat tomonidan mas’ul tashkilot vakillariga ishlarni sifatli, shaffof va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Ayniqsa, yo‘lakchaning uzoq muddat xizmat qilishi uchun mustahkamlik va drenaj tizimiga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining uzoq yillik muammolariga yechim bo‘lishi bilan birga, hududda obodlik va farovonlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1