Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI — KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASHDA MUHIM BO‘G‘IN

Bugungi kunda mahallabay ishlash tizimi orqali aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari shahar Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari saylangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazish bo‘yicha savolnomaning 4 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Allabergenov Urganch shahridagi «Yangi Ashxobod» mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi. 

Deputatlik nazorati davomida asosiy e’tibor quyidagi uchta muhim jihatga qaratildi: 

· Xonadonbay xatlov natijalari: Mahalladagi "ayollar daftari" va "yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash tizimi. 

· Kambag‘allikdan chiqarish: Aholiga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish orqali ularning daromad manbaini yaratish.

. Bandlik masalasi: Ishsiz fuqarolarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish yoki kasb-hunarga o‘qitish ko‘lami. 

Shundan kelib chiqqan holda deputat B.Allabergenov hokim yordamchisi faoliyatidagi mavjud kamchiliklarga ham to‘xtalib, monitoringning kuchaytirish, bunda, ajratilgan kreditlar hisobiga olingan asbob-uskunalardan (masalan, tikuv mashinalari yoki motokultivatorlar) samarali foydalanish ustidan doimiy monitoring yetarli emasligi, axborot targ‘ibotida ayrim fuqarolar haligacha davlat tomonidan beriladigan subsidiya turlari va ularni olish tartibi haqida to‘liq ma’lumotga ega emasligi hamda bandlik sifati borasida ishga joylashtirilgan fuqarolarning ko‘pchiligi mavsumiy ishlar bilan band bo‘lib, doimiy va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish masalasi dolzarbligicha qolmoqda. 

Deputat B.Allabergenov hokim yordamchisi faqat "hisobot beruvchi" emas, balki aholining haqiqiy suyanchi bo‘lishi kerakligi, bunda «Yangi Ashxobod» mahallasida aniqlangan kamchiliklarni to‘g‘rilash bo‘yicha berilgan tavsiyalar shahar Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ham muhokama qilinishi mumkinligini ta’kidladi. 

Slide 1 of 1