Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
TEZ TIBBIY YORDAM VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI

TEZ TIBBIY YORDAM VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI

Joriy yilning 25-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi B. Bazarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toyirovlar Navoiy shahridagi Janubiy MFY hududida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish holatini o‘rgandilar.O‘rganish jarayonida tez tibbiy yordam xizmatining aholiga yetib borish tezligi, murojaatlarga javob berish darajasi, xizmat sifati, moddiy-texnik ta’minoti hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Hududda faoliyat yuritayotgan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan suhbatlar o‘tkazilib, aholiga yaratilgan sharoitlar va xizmat ko‘rsatish samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda tizim samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qoniqish darajasini oshirish muhim vazifa sifatida belgilandi.Shu bilan birga, sog‘lomlashtirish hududlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari holati ham ko‘zdan kechirildi. Hududlarni obod va ko‘rkam holga keltirish, yashil maydonlarni kengaytirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholining dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 10