Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📌Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a'zolari ham ihtirok etishdi. Yig'ilishda tumandagi sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

🏥Yig‘ilish davomida tuman Tibbiyot birlashmasi va uning tizimlarida:

🔹 tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati,

🔹 mavjud muammolar va kamchiliklar,

🔹 korrupsiya holatlarining oldini olish,

🔹 aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✏️Muhokamalar yakunida mazkur yo‘nalishlarda aniq va tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzildi. 

🤝Shuningdek, ishchi guruh tomonidan tibbiyot muassasalarida o‘rganishlar olib borish, aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish hamda aholining fikr-mulohazalarini o‘rganish yuzasidan kelishib olindi.

❗️Mazkur ishlar natijasida tumanda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanib, fuqarolar murojaatlariga tezkor va samarali yechimlar ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 5