Bugun 18-may kuni Xalq deputatlari Bo'stonliq tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiyalarining qo'shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. Bo‘stonliq tumanida aholi bandligi ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, xorijda yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha tuman sektor rahbarlarining 2024-yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;
2. Bo‘stonliq tumani mahalliy budjetini 2024-yil 1-chorak ijrosi hamda xarajatlar yoyilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bo‘stonliq tumani bo‘limi boshlig‘ining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2024-yil 1-chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida.
4. Bo‘stonliq tumanida “Yashil bog‘”lar barpo qilish to‘g‘risida.
5. Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining ayrim qarorlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida.