Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sayyor qabul

🔹Bugun Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga 28-"Bog‘iston" okrugidan saylangan deputat Sh. Nishonov, tuman sudi raisi F.Xikmatullayev, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S.Yusupov hamda 4-sektor rahbari Z.Zokirovlar boshchiligida "Bog‘iston" mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Qabulda mahalla fuqarolari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi.

🔹Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi.

Slide 1 of 4