Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
DAVLAT XIZMATLARI, FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Parkent tumanidagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurildi. Tashrif davomida deputat Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Jarayon davomida davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangiliklar hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, markaz rahbari D.Turdialiyev bilan ham suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida markazda 5 nafar xodim tomonidan aholiga raqamlashtirilgan tizim asosida sifatli xizmat ko‘rsatib kelinayotgani ma’lum qilindi. Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni “15 daqiqada” tamoyili asosida tashkil etilgani, bu esa fuqarolar va tadbirkorlar uchun katta qulaylik yaratib berayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, 2026-yildan boshlab haydovchilik guvohnomasini olish hamda intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lumot berildi. Markazda fuqarolar uchun kutish zallari, ona va bolalar uchun alohida xonalar tashkil etilgan bo‘lib, ular zamonaviy talablar darajasida jihozlangan. Deputat tomonidan davlat xizmatlarini aholiga yanada qulay va sifatli ko‘rsatish bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi. Jumladan, olis va chekka hududlarda sayyor xizmatlarni tashkil etish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida davlat xizmatlaridan masofadan turib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanishni keng targ‘ib etish zarurligi ta’kidlandi. Bu borada “mahalla yettiligi” bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish ko‘nikmalarini oshirish muhimligi qayd etildi. 

Slide 1 of 6