Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
sayyor qabul o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining 22-Xurram saylov okrugidan deputat Jumayev Ismoil Rahimovich tomonidan belgilangan reja-grafik asosida saylov okrugi hududida fuqarolar bilan uchrashuv hamda sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv-sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Xususan, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlikni ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar belgilangan tartibda nazoratga olinib, ularni hal etish maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovi yoki murojaat yuborish masalalari belgilandi.

Uchrashuv-sayyor qabul jarayonida “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari ham ishtirok etib, fuqarolarga huquqiy masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdi hamda murojaatlarni joyida ko‘rib chiqishda amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, aholining taklif va tashabbuslari ham tinglandi. Bunday uchrashuvlar joylardagi muammolarni aniqlash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3