Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Joriy yilning 12-mart kuni Navoiy shahridagi Hayot MFY binosida hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Joriy yilning 12-mart kuni Navoiy shahridagi Hayot MFY binosida hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur sayyor qabulda xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Eshniyozov ham ishtirok etdi.

Sayyor qabulning asosiy maqsadi fuqarolar murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish, ularning muammolarini tinglash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi. Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.Xususan, uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy yordam, obodonlashtirish hamda infratuzilmani rivojlantirishga oid masalalar ko‘tarildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tegishli mutasaddilar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari esa tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olindi.Deputat M. Eshniyozov ham fuqarolar bilan muloqotda faol ishtirok etib, ularning murojaatlarini tingladi hamda ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi.

Sayyor qabul ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Slide 1 of 9