Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich “Sharq Tongi” MFYda sayyor qabul o‘tkazdi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich “Sharq Tongi” MFYda sayyor qabul o‘tkazdi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich tomonidan Namangan shahridagi “Sharq Tongi” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faoliyati o‘rganilib, fuqarolar bilan sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi hamda har bir murojaat yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Bugungi kunda davlat boshqaruvida aholining dardini eshitish, murojaatlariga o‘z vaqtida va adolatli yechim topish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Xalq bilan bevosita muloqot qilish, joylarda mavjud muammolarni ochiq muhokama etish orqali boshqaruv tizimining samaradorligi oshadi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi. Shu bois aholi murojaatlarini tinglash va ularni hal etish masalasi ijtimoiy adolat hamda ochiq siyosatning muhim mezoniga aylangan.

Qabul jarayonida Kengash raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich fuqarolarning murojaatlarini shaxsan qabul qilib, ularning muammo va takliflarini batafsil tingladi.

Murojaatlarni o‘rganish yakunlariga ko‘ra, 5 nafar fuqaroning masalasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, huquqiy baho berish hamda amaliy yechim ishlab chiqish uchun tegishli mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Sayyor qabul davomida har bir murojaat yakuniy natijaga qaratilgan holda ko‘rib chiqildi hamda fuqarolarning ijtimoiy masalalarini tezkor va samarali hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, Kengash tomonidan aholining muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va ularni tizimli ravishda bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 8