Karmana tumanidagi "Ziyokor" mahallasida 15-may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Хalq deputatlari tuman Kengahi deputati, Karmana tuman hokimi o‘rinbosari N.Shomiyeva, tegishli mutasaddi tashkilot xodimlari hamda ibratli oila vakillari ishtirok etdi. Tadbir yakunida "Ziyokor" mahallasida uzoq yillar umrguzaronlik qilib kelayotgan ibratli oila vakillaridan Hojiyeva Roziya, Hakimova Ashura va Muxitdinova Nazira opalar ibratli oila sifatida tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandi.