🔹Bo‘stonliq tumanida aholi, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaini shakllantirish, oilalar daromadini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili mazkur yo‘nalishdagi ishlar samarasi va natijadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🔹Davlatimiz rahbarining yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirishi va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yerlarni o‘zlashtirishga oid PQ-153-sonli qarori asosida Bo‘stonliq tumanida serunum, suvi serob yer maydonlari "E-AUKSION" ochiq savdolariga qo‘yilib, yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun ajratib berilmoqda.
🔹Xususan, Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J.Axmedov “Xo‘jaobod” va “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY hududlarida ishsiz, dehqonchilik qilishga istagini bildirgan 28 nafar yoshlar bilan uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuvda mahsulot yetishtirish va uni parvarishlashdagi muhim jihatlar, agrotexnik tadbirlar, har bir qarich yerdan unumli foydalanish haqida so‘z yuritilib, “Bir kontur – bir mahsulot” asosida ushbu mahallalarni aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashtirish belgilab olindi.
🔹Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi maʼlum muddat va qoʻshimcha oʻrganish talab qiladigan murojaatlar masʼullarga yoʻnaltirildi.