QIZILTEPA TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIDA "XOTIRA - ABADIY, QADR - MUQADDAS" nomli adabiy-badiiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Navoiy viloyat Kengashi deputati Mashhura Karimova, Bo'ston mahalla "Buvijonlar maktabi" rahbari Hurmat Jumayeva, tumandagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o‘rinbosari mayor Soliyev Olimbek Obidovich, kapitan Tolibov Kenja Shukurovichlar ishtirok etishdi.
Tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokidagi davra suhbati o'quvchilarda vatanparvarlik ruhining shakllanishida, ajdodlar ruhiga bo'lgan hurmatning ortishida muhim ahamiyat kasb etdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga ijobiy javob olishdi.