Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda 1-Komiljon Otaniyozov saylov okrugi deputati Kariyev Mansur Omongaldiyevich Komiljon Otaniyazov mahallasi hududidagi ichki ko‘chalar holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
📌 O‘rganish natijalari:
🛣 Komiljon Otaniyazov ko‘chasi
-Umumiy nosoz ichki xo‘jalik yo‘llari: 3 km
-Yo‘l qoplamasi yaroqsiz holatda
-Aholi uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda
🤝 Muhokama va yechimlar:
✔️ Mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlar bilan atroflicha muhokama o‘tkazildi
✔️ 1.1 km ichki xo‘jalik yo‘llarini 2026-yil Shovot tumani ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash manzilli ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha yakuniy xulosa qilindi
✔️ Qolgan qismini bosqichma-bosqich hal etish rejalashtirildi
✔️ Joriy va kapital ta’mirlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berildi