Muhtaram Shavkat Mirziyoyev tomonidan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilangani doirasida xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi raisi M.To‘ychiyeva o‘z saylov okrugidagi tibbiyot texnikumi talaba-yoshlari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.
Ochiq va samimiy muloqot shaklida o‘tgan tadbirda:
🔹 yoshlar bandligini ta’minlash,
🔹 tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash,
🔹 ta’lim va kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari,
🔹 kredit va grant dasturlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash – ustuvor.