Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv o‘tkazildi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilangani munosabati bilan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Soliyeva o‘z saylov okrugidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bandligi, tadbirkorlikka jalb etish, ta’lim olish imkoniyatlari, kasb-hunar o‘rganish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi. Barcha murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Yoshlar – kelajagimiz bunyodkorlari!

Slide 1 of 3