Targ‘ibot ishlari olib borildi.
Bugun Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman IIB xodimi D.Eshonqulova, tuman bosh otinoyisi Sh.Hakimovalar bilan “Boshdarxon” MFY mahalla yettiligi hamkorligida mahalladagi Toshloq va Darxon qishloqlarida aholi o‘rtasida obodonlashtirish va tomorqa madaniyati bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, uzoq muddatga chet davlatga ishlash uchun ketgan fuqarolar oilasi bilan uchrashib, tushuntirish ishlari olib borildi.