Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL GALARAVOT MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL GALARAVOT MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

___

Bugun Galaravot mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda Xalq qabulxonasi mudiri Temur Murtazayev, Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova va hokim o‘rinbosari Ch.Ortiqovalar fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishdi. Unda idora-tashkilot rahbarlari va mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok etishdi.

 Qabulda elektr ta’minoti, tibbiy yordam, moddiy yordam singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 4