Mahalliy Kengash deputatlari 19-Xo‘jaubbon saylov okrugi deputati R.Atoyeva va 18-Hazortut saylov okrugi M.Jumayeva o‘rganish jarayonida do‘konlardagi mahsulotlarning saqlanish sharoiti, sanitariya talablariga rioya etilishi, narxlarning asossiz oshirilmasligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlar tomonidan tadbirkorlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, ayrim do‘konlarda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi manfaatlarini himoya qilish, bozorlarda sog‘lom raqobatni ta’minlash va narx-navoning barqarorligini saqlashdan iborat.