Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari hal etilmoqda
Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida qabul o‘tkazildi.
Qabulda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Asqar Baxramov, hokim o‘rinbosari V.Mansurova hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Bu esa murojaatlarni tezkor va samarali hal etish imkonini berdi.
Fuqarolarning murojaatlari asosan uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek sog‘liqni tiklash va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.
Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ul tashkilot rahbarlariga ijrosini ta’minlash uchun topshiriq tarzida yuborildi. Ayrim fuqarolarga esa huquqiy maslahatlar berildi.