Yangiliklar

CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanidagi dehqon bozorlarida narx-navo va mahsulotlar zaxirasi o‘rganildi

⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Mirsoat Mirsodiqov, FVB xodimi A.Abdullayev hamda “Dehqon” bozori nazoratchisi X.Nizomiddinov bilan hamkorlikda tuman dehqon bozorlarida aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining kunlik narx bo‘yicha barqarorligi, bozordagi talab va taklif muvozanati, mahsulotlarning sifati hamda yetkazib berilish jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

✨Mutasaddilar tomonidan aholiga zarur mahsulotlar uzluksiz va barqaror narxlarda yetkazib berilishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda savdo madaniyatini yanada oshirishga oid tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3