Shunga ko‘ra, Andijon shahar “Buyuk Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘sh turgan 15.6 ga yer maydonida “Yashil bog‘” va Qoratut (5-son) MFY hududida joylashgan 15 sotix yer maydonida “Hokimlik bog‘i” tashkil etish bo‘yicha xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri R.Ziyaev, 26-“Chorguzar” saylov okrugi deputati U.Shokirov, shahar hokimining o‘rinbosari F.Ergashev va Tabiat
resurslari inspeksiyasi boshlig‘i M.Zoxidovlar bilan birgalikda joyida ko‘rib chiqildi.
Taklif etilayotgan yer maydonlarida yashil bog‘ yaratish, daraxt va butalarni ekish ishlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.