Qiziltepa tumanning 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman Kengashi deputatlari ishtirokida "Ta’limdagi islohotlar — mamlakat taraqqiyoti" nomli tuman seminari o‘tkazildi.
Seminarda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i U. Kamolov, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari D.Farmonova, F.Gʻoziyeva, maktablar direktorlari hamda bir guruh pedagoglari ishtirok etishdi.
Seminar davomida sinflarda ochiq darslar, "Zakovat" intellektual o‘yini, sport musobaqalari, "Xush kelding, bahor!", "Diydor shirin" bayram tadbirlari o‘tkazildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati.