Boyovut tumani hokimligi majlislar zalida "Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o'rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish yuzasidan Boyovut tumani misolida" amaliy-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi vakillari, tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining kotibiyat mudirlari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Davra suhbati tarzida o'tkazilgan muloqotda sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish, har chorakda Komissiya yig‘ilishida sektorlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tahlil etish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha respublika darajasida yechiladigan muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.