Ishtixon tumanida pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish, sohada ayollar faolligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ul xodimi, xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Fazliddin Ruziyev, xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati B.Qilichev, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman jamoatchiligi va tajribali pillakorlar qatnashdi.
Jumladan, Vetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida ipak qurti boqish, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, o‘rma tutzorlar barpo etish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Bir guruh pillakorlar esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.