Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova tomonidan kunning ikkinchi qismida "Olmazor" mahallasida joylashgan poliklinikada o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida quyidagi muammolar aniqlandi:

🧾 Aniqlangan kamchiliklar:

▪️ Poliklinika bino va inshootlari ta’mirtalab;

▪️ Ichki iste’mol suvi yetishmaydi (suv yo‘q);

▪️ Eshiklar jiddiy holatda yaroqsiz, bemor va xodimlar xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin;

▪️ Laboratoriya va muolaja xonalarida isitish tizimi yo‘q, kuz–qish mavsumida sharoitlar yomonlashadi.

📨 Deputat tomonidan belgilangan chora-tadbirlar:

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi bildirildi.

Shuningdek, Ta’mirlash, suv ta’minotini tiklash hamda isitish tizimini o‘rnatish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7