Yangiliklar

Samarqand tumanida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarida jamoatchilik nazoratida

Samarqand tumanida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarida jamoatchilik nazoratida

✅ Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi qarorida berilgan topshiriqga binoan, viloyat Kengashi 48-Dashtak saylov okrugidan saylangan deputat Djahangirov Tolib Muzafarovich rahbarligida Samarqand tumanida ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

✅ Mazkur tashabbus doirasida deputat, tuman hokimligi mas’ullari, maktabgacha ta’limi, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tarkibi kelishib olindi.

✅ Mazkur ishchi guruhning maqsadi – ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tizimli yondashuv asosida samarali natijalarga erishishdir.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 5