Yangiliklar

Oqdaryo tumanida Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

Oqdaryo tumanida Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

✅Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi qarorida berilgan topshiriqga binoan, viloyat Kengashiga 10-Oqdaryo saylov okrugidan saylangan deputat Ilhom Botirov rahbarligida Oqdaryo tumanida ta’lim muassasalarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

✅Mazkur tashabbus doirasida deputat, tuman hokimligi mas’ullari, xalq ta’limi, sanitariya-epidemiologiya xizmati, moliya va boshqa tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tarkibi kelishib olindi.

✅Ilhom Botirov ishchi guruh rahbari sifatida guruh a’zolari oldiga aniq vazifalarni belgilab, ularning har biriga belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berdi. 

✅Mazkur ishchi guruhning maqsadi – ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tizimli yondashuv asosida samarali natijalarga erishishdir.

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 3