Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Farmonning mazmun-mohiyati o‘rganildi.

 Farmonning mazmun-mohiyati o‘rganildi. 

  

Mamlakatimizda davlat
hokimiyatini xalqqa yanada yaqinlashtirish, xalq hokimiyatchiligi asoslarini kuchaytirish
maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq hokimlar va mahalliy Kengashlarning vakolatlari
bir-biridan ajratildi.  

Aholining joylardagi
dolzarb muammolarini hal etish uchun “xalq
ovozi” bo‘lmish-deputatlarga keng vakolatlar berildi, mahalliy Kengashlarga
hokim emas, balki deputatlar orasidan saylanadigan
rais boshchilik qilishi belgilab qo‘yildi.
 

Muhtaram Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 2-fevral kuni qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining
faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
28 F-sonli Farmon – mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilishga,
tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etishga
qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning
mantiqiy davomi bo‘ldi.
 

Farmon bilan O‘zbekiston mahalliy boshqaruvi tarixida birinchi marotaba mahalliy davlat
hokimiyati organlari faoliyatini yangi model
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor
hokim” tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan qator qoidalar belgilab
berildi.
 

Bugun mazkur
farmonning mazmun-mohiyatini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Yangiyer shahar
va Xovos tumani Kengashlari deputatlari, Kengash kotibiyatlarining mas’ul xodimlari
hamda mahalla faollari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi, seminarni
xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi kotibiyati mudiri A.Abduraxmanov olib
bordi.
 

   

Slide 1 of 1