Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2023-yildagi faoliyati to'g'risida

 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashida bugungi kunda 29 nafar deputatlar faoliyat yuritayotgan boʻlib, tuman Kengashi deputatlaridan 21 nafarini erkaklar, 8 nafarini ayollar tashkil etadi.

 2023-yil davomida xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan 15 marotaba sessiyalar oʻtkazilgan va ushbu sessiyalarda 122 ta masala koʻrib chiqilgan. Oʻtkazilgan sessiyalarda 89 marotaba mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlarining hisobotlari hamda axborotlari (60 marotaba hisobot va 29 marotaba axborot) tinglangan. Sessiyalarda koʻrib chiqilgan masalalardan 4 tasi nazorat tahlil tadbirlar, 1 tasi vakolat doirasidagi, 6 tasi hokimning qarorlari tasdiqlangan, 22 tasi boshqa masalalar koʻrib chiqilgan. 

Eshitilgan 60 ta hisobotlarning 1 tasi hokim hisoboti, 20 ta hokim o‘rinbosarlari, 4 ta sektor rahbarlari, 2 ta prokuror, 1 ta ichki ishlar, 5 ta moliya, 1 ta soliq, 2 ta sog‘liqni saqlash va 24 ta boshqa hisobotlar eshitilgan. 

Eshitilgan 29 ta axborotdan 5 tasi Adliya, 4 ta Sud, 20 ta boshqa axborotlar eshitildi. 

Yangi targ‘ib qilingan qonunlar 2 ta, o‘tkazilgan targ‘ibotlar soni 160 ta. 

OAVda yoritilgan sessiyalar soni 15 ta shundan onlayn tarzida yoritilgan sessiyalar soni 15 ta. 

E-qaror tizimi orqali e’lon qilingan qarorlar 122 ta, normativ-huquqiy tusdagi qarorlar 2 ta, huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan
qarorlar 2 ta. 

Shuningdek, xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2023-yil davomida joylarda yechimini kutayotgan va saylovchilarni muammolarini hal etishga qaratilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga 142 marotaba deputatlik soʻrovlari yuborilgan. 

2023-yil davomida tuman Kengashi deputatlari tomonidan xalq bilan 78 marotaba uchrashuvlar o‘tkazilgan, aniqlangan muammolar 156 ta, shulardan 112 tasi hal etilgan. 

Yuridik va jismoniy shaxslarning jami 143 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib 104 tasi hal etilgan, 39 tasiga tushuntirish berilgan. 

Deputatlarning ommaviy axborot vositalaridagi 98 marotaba chiqishlari mahalliy va respublika televideniya, radio, bosma nashrlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga yoritilib borilgan. 

Slide 1 of 1