Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Sessiya májilisinde
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesiniń 22-sessiyası bolıp ótti.
янв.21
TURAQLÍ KOMISSIYa MÁJILISI
янв.21
Rayonda jaslardı qollap-quwatlaw baǵdarındaǵı jumıslar dawam etpekte.
янв.21
Jaslardıń sport penen shuǵıllanıwı ushın jaratılǵan sharayatlar úyrenildi
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Qanlıkól rayonlıq Keńesi baslıǵı D.Ametov ÓzLiDeP deputatlıq toparınıń jumısları hám deputatlardıń saylaw aldı dástúri tiykarında ámelge asırılıp atırǵan jumıslar menen tanıstı.
MIROBOD TUMANIDA RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

 Tadbirda Mirobod tuman hokimi va uning o’rinbosarlari, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari, tuman sekror rahbarlari, tashkilot muassasa rahbarlari va 200dan ziyod yoshlar ishtirok etishdi. 

Anvar Sayfutdinov yoshlarga murojaatida yil davomida tumanda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida to‘xtaldi. 

“Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, sizlar bizning, Yangi O‘zbekistonning kelajagisizlar. Har bitta mahalladagi yoshlarning muammolarini chuqur o‘rganish, yechim topish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini taʼminlash bo‘yicha ishlarimiz bundan keyin ham davom etadi”, - deya taʼkidladi o‘z chiqishida tuman hokimi. 

Mirobod tumani yoshlar siyosati borasida poytaxtning eng namunali tumani bo‘lib kelgan, o‘ylaymanki, ushbu natijani kelgusi yilda ham saqlab qolamiz - Anvar Sayfutdinov 

Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinovning tuman yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 200 nafardan ziyod turli sohalar vakillari bo‘lgan faol yoshlar ishtirok etdilar. 

Anvar Sayfutdinov Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi yoshlar siyosati zamirida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zamonaviy bilim berish va iqtidorini rivojlantirish, yoshlar bandligini ta‘minlash ishlariga katta urg‘u berilayotganini qayd etib, bugun yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega bo‘lib turganiga e‘tibor qaratdi. 

Dunyodagi bugungi murakkab va ziddiyatli vaziyatda Muhtaram Prezidentimizning ichki va tashqi siyosatdagi oqilona va talabchan rahbarliklarida yurtimizda tinchlik hukm surib, iqtisodiy barqarorlik ta‘minlanayotgani qayd etilib, yoshlarimiz o‘zlariga yaratilayotgan ulkan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari shartligi ta‘kidlandi.  

Slide 1 of 12