Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ǴÁREZSIZLIK JILLARINDA QANLIKÓL RAYONINDA QOŃSÍ MÁMLEKETLER MENEN SAWDA-EKONOMIKALÍQ BIRGE ISLESIWDİŃ RAWAJLANÍWÍ
янв.21
Ǵárezsizlik - hayal-qızlar isbilermenligi ushın jańa imkaniyatlar dáwiri
янв.21
Ǵárezsizlik jıllarında Medicinalıq mákemelerdi zamanagóy ásbap-úskeneler menen támiyinlew hám xalıqqa sapalı medicinalıq xızmet kórsetiwdi jáne de jaqsılaw baǵdarında Qanlıkól rayonında keń kólemli jumıslar ámelge asırılmaqta.
янв.21
ǴÁREZSIZLIK JÍLLARÍNDA XALÍQ BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA TUPKILIKLI REFORMALAR: QANLÍKÓL RAYONÍNDA JAŃA MEKTEP QURÍLÍSÍ
янв.21
Qanlıkól rayonında Jaslar másláhát toparı aǵzaları menen ushırasıw ótkerildi
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
#Мúnásibet
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Қурылыс материаллары тармағын жаңа басқышқа алып шығыў - экономикалық раўажланыў ҳәм халықтың абаданлығының әҳмийетли факторы
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASH DEPUTALARI VA TUMANI HOKIMINING NAVBATDAGI O‘RGANISH MANZILLARI “SARIKO‘L”, “CHINOR” HAMDA “TONG YULDUZI” MAHALLALARI BO‘LDI

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri - bu fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish va “Xalqparvar davlat” milliy dasturini izchil amalga oshirish.
 

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham xalq bilan muloqot davlat siyosatining eng muhim
yo‘nalishi sifatida belgilab berilgan va «davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart» g‘oyasi ilgari surilgan.
 

Joriy yilning 22-noyabr kuni, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov va okrug deputatlari bilan birgalikda
hududlardagi mavjud muammolarni joyida o‘rganish maqsadida “Sariko‘l”, “Chinor” hamda “Tong yulduzi” mahallalarida bo‘ldi.
 

O’rganish davomida avvalo mahallalar ko‘chalari, ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi
holati ko‘zdan kechirildi.
 

So‘ngra o‘rganish ishlari “Mahalla beshligi” bilan muloqot tarzida davom etdi. 

Muloqot davomida hokim yordamchilarining mahallalarda tadbirkorlik sohasini yana-da takomillashtirish,
jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining mehnatga layoqatli ishsiz qatlamini ish bilan taʼminlash hamda tumandagi ehtiyojmand oilalar bilan tizimli ishlashda amalga oshirilgan ishlar xususida axborotlari tinglandi.
 

Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish masalalari, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish
borasida amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar mavzusi ham hokim eʼtiboridan chetda qolmadi.
 

Hokimlik tomonidan mahallani ijtimoiy muhitini yaxshilash yuzasidan har bir sektorlarga biriktirilgan idora
va tashkilot xodimlariga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aniqlangan muammolarni belgilangan muddatlarda hal etish choralarini ko‘rish, mahallada barcha yo‘nalishdagi muammolarni ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganish vazifasi yuklatildi.
 

A.Sayfutdinov bugungacha tumandagi 39ta mahalladan 12tasida o‘rganish ishlarini olib bordi. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish ishlari davom ettiriladi. 

Bu ishchi o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, har bir mahallada ko‘tarilgan muammoli masalalarni
bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq reja-dastur shakllantiriladi.
  

Slide 1 of 5