Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Normetova Sabura nazorati ostida “Sobirobod” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar aholisi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
🏢“Fortuna Kom” MCHJ tomonidan 14-uyda navbatdagi pod’yezdda ta’mirlash ishlari yakunlanib, aholi foydalanishiga topshirildi.
✅Shuningdek, ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklari va zinapoyalarida aholining harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tutqich (perila)lar o‘rnatilmoqda.
✅Mazkur amaliy ishlar, ayniqsa, keksalar, yoshi ulug‘ fuqarolar hamda harakatlanishda qo‘shimcha qulaylikka ehtiyoj sezadigan aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishga qaratilgan.
👨💻 Deputat nazorati asosida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar aholi murojaatlarini inobatga olish, fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish hamda mahallalarda obodonlashtirish ishlarini yaxshilash borasidagi amaliy choralardan biridir.
Bizni kuzatishda davom eting!