Yangiliklar

FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI

«Mirzo Ulug‘bek» mahallasida Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova hamda Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi raisi, deputat Yusupov Ravshan Abilovich tomonidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.

💬Murojaat davomida fuqaro davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatish masalasida murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi. Uning muammosi va ehtiyojlari tinglanib, holat joyida o‘rganildi.

🏥Murojaat yuzasidan fuqaroning davolanishi bilan bog‘liq masalani tegishli tibbiyot muassasasida ko‘rib chiqish hamda zarur tibbiy yordamni tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝Shuningdek, fuqaroning moddiy yordam olish imkoniyatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish choralari belgilandi.

✍️Mazkur murojaat deputatlar tomonidan nazoratga olinib, uning ijobiy hal etilishi yuzasidan amaliy ishlar davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2