Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Ahillik mahallasi yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, "Yangi O'zbekiston qiyofasidagi mahalla" loyihasi doirasidagi ishlar hali boshlanmaganligi, ko'p qavatli uylarning kanalizatsiya tizimini ta'mirlash ishlari, shuningdek Tutzor, Birlashgan, Jasorat va Sarbon ko'chalarining ichki yo'llarini asfaltlash ishlari qachon boshlanishi yuzasidan savol va takliflar bildirildi.

Ko'tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko'rish belgilandi.

Slide 1 of 4