Yangiliklar

Baxmal tumanidagi ichki ko‘chalar zamonaviy qiyofaga kirdi!

Baxmal tumanidagi ichki ko‘chalar zamonaviy qiyofaga kirdi! 🚜🛣

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Anorboyev tashshabbusi bilan Bog‘ishamol mahallasida aholi uchun yana bir muhim infratuzilma loyihasi amalga oshirildi. Mahalladagi Navro‘z va Mo‘g‘ol ko‘chalarining 8 km qismi to‘liq asfaltlashtirilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari natijasida ko‘chalarning qatnov sifati yaxshilanib, piyodalar va transport vositalari harakati uchun qulay sharoit yaratildi. Eng muhimi, mahalla aholisining ko‘p yillik murojaatlariga amaliy yechim topildi.
Hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish borasidagi bunday ishlar aholi turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4