Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Abduraimova Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida Balandchaqir MFYda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Deputat hamda profilaktika inspektori tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, oilaviy nizolar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda nizoli oilalar bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yildi. O'rganish davomida nizoli oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi.