Yangiliklar

SAYLOVCHILAR BILAN YUZMA-YUZ: MUAMMO VA YECHIM

SAYLOVCHILAR BILAN YUZMA-YUZ: MUAMMO VA YECHIM

📍Bugun xalq deputatlari tuman Kengashidagi 11-Guliston okrugi saylovchilari uchun qizg‘in muloqot kuni bo‘ldi.

📍Deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov o‘zi saylangan hudud Guliston mahalla fuqarolar yig'ini aholisi bilan uchrashib, ularni qiynayotgan masalalarni tingladi.

📍Muloqot davomida nimalar muhokama qilindi?

✅ Mahalla infratuzilmasini yaxshilash (yo‘l, chiroq, ichimlik suvi);

✅ Aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy yordam ko‘rsatish;

✅ Hududdagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.

📍Uchrashuv davomida kelib tushgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.