UZUN TUMANIDA YANGI BUNYODKORLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
🌟"Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-454-sonli qarori ijrosi doirasida Uzun tumanidagi "Yangi kuch" mahallasida zamonaviy mahalla guzari qad rostlamoqda.
🌟Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Abdunazarova hududga tashrif buyurib, qurilish ob’ektidagi ishlar sifati va sur’ati bilan tanishdi.
Nimalar o‘rganildi?
✅ Qurilish materiallarining sifati;
✅ Ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar;
✅ Loyihaning yakunlanish muddatlari.
🌟Maqsad bitta: Aholi uchun qulay ijtimoiy muhit yaratish va mahallaning infratuzilmasini zamonaviy bosqichga olib chiqish.
Yangi O‘zbekiston — yangi mahalla, yangi imkoniyatlar!
🏘 Tez orada bu yerda mahalla ahli uchun barcha sharoitlar mavjud boʻlgan zamonaviy markaz ish boshlaydi.