Namangan shahridagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurildi.
Namangan shahridagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurilib, muassasadagi mavjud shart-sharoitlar hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur bino 1975-yilda qurilgani, hozirgi kunda kapital ta’mir talab etishi aniqlandi. Binoning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ichki xonalar va moddiy-texnik bazasini yangilash zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarga tashkil etilayotgan oziq-ovqat ta’minoti, mahsulotlar sifati, ularning saqlanish sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ham atroflicha o‘rganildi.
Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotini 2027-yil Davlat dasturiga kiritish hamda zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilandi.
Ta’lim muassasalarida zamonaviy, xavfsiz va sog‘lom sharoitlarni yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.